Ingliz tili o‘qituvchisi izlayapmiz!
Bizning missiyamiz:
✅Milliy qadriyatlar va zamonaviy tafakkur uyg‘unligida yashashni o‘rgatish
✅Yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash
✅Vatan uchun kerakli va faol shaxslar yetishtirish
Agar siz ham biz bilan bir maqsad sari intilishga tayyor bo‘lsangiz, unda aynan sizni jamoamizda ko‘rishni istaymiz!
🟢Sizning vazifalaringiz:
- Ingliz tili darslarini zamonaviy usullar asosida tashkil etish
- O‘quvchilarning til ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borish
- Har bir o‘quvchining o‘ziga xos salohiyatini ochib berishga ko‘maklashish
- Jamoaviy hamkorlik va rivojlanishga hissa qo‘shish
- O‘z ustida doimiy ishlash va kasbiy bilimlarini oshirib borish
🟢Biz sizga taqdim etamiz:
- 15 000 dan ortiq nomzodlar ichidan saralangan iste’dodli jamoada ishlash imkoniyati
- Aziz Rahimov bilan shaxsiy va professional o‘sish yo‘lida birga harakat qilish
- Rasmiy mehnat shartnomasi asosida ish
- Gadjet, telefon, avtomobil va uy xaridi uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
- Raqobatbardosh va o‘sib boruvchi oylik maosh: 10 000 000 so'm -12 000 000 so‘m
- Har kuni tushlik (50% maktab tomonidan qoplanadi)
- Ingliz va rus tillaridagi 500+ kitobdan iborat boy kutubxona
- Do‘stona va o‘z sohasiga fidoyi jamoa
🟢Biz kutayotgan talablar:
- Kamida 3–5 yillik ingliz tili o‘qitish tajribasi
- O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish
- TESOL, CELTA yoki pedagogika yo‘nalishida bakalavr diplomi
- IELTS 7.5+
🟢Ustunlik sifatida ko‘riladi:
• Chet elda faoliyat olib borilgan tajriba
• Xususiy maktabda ishlash tajribasi
• Boshqa chet tillarni bilish
• MS Office dasturlari bilan ishlash ko‘nikmasi
O‘z salohiyatingizni biz bilan birga oching!
Boshqa vakansiyalar: @talim_ber