Kurator(audit), Farg'ona

Maktabimiz professional o‘qituvchilarni ishga taklif etadi

Biz sizga quyidagilarni taklif qilamiz:

- Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ishga joylashtirish
- Malaka oshirish imkoniyati
- Ish haqi: 5 000 000 – 7 000 000 so‘m
- Do‘stona jamoada ishlash imkoniyati
- Farzandlaringiz uchun 30% chegirma bilan ta’lim olish
- Qulay ish jadvali (soat 8:30 dan 17:15 gacha, 5/2)
- Maktab hisobidan 50% to‘lanadigan tushlik
- Xo‘jalik xarajatlarida maktab tomonidan yordam ko‘rsatiladi

Asosiy vazifalar:

-O‘quvchilarning darsliklari va o‘quv materiallari bilan ta’minlanganligini nazorat qilish
-O‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirokini ta’minlash
- O‘quvchilarga o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishda yordam berish
- Dars qoldirayotgan o‘quvchilarni nazorat qilish, sababsiz dars qoldirishning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish
- O‘quvchi darsda qatnashmagan hollarda ota-onasi bilan aloqa qilish
- O‘quvchilarning baholarini elektron jadvallarga kiritish
- O‘quvchilarning baholarini yaxshilash uchun amaliy yordam ko‘rsatish
- O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini kino, teatr, muzey va boshqa tadbirlar orqali mazmunli tashkil etishda yordam berish

talablar:

- Pedagogika yo‘nalishida oliy ma’lumot
- Bolalar bilan ishlash tajribasi (kamida 1 yil bo‘lsa maqsadga muvofiq)
- Mas’uliyatlilik, muloqotga ochiqlik, aniqlik
- bolalar psixologiyasini bilish
- Jamoada ishlay olish va ota-onalar bilan hamkorlik qilish qobiliyati
- Sinfni boshqara olish va o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga ko‘mak berish mahorati

Ариза тўлдириш