Rahimov School Ibn Sino filialimiz uchun ishini sevadigan va kasbining mutaxassisi bo'lgan psixologni qidiryapmiz.
Manzil: Shayxontohur tumani, Ibn Sino 1-mavzesi, Taxta bozori ro’parasi
⏰ Ish vaqti: 6/1 ish jadvali, 08:30–17:15
Oylik maosh: 10 mln-12 mln
Siz nimalar bilan shug‘ullanasiz:
— Zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning psixologik tashxisini olib borish
— Bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan yakka tartibda va guruhli uchrashuvlar o'tkazish
— Muammoli o’quvchilar bilan individual holatda ishlash
— Pedagoglarga uslubiy tavsiyalar berish
— Yangi o’quvchilarni qabul qilishda ishtirok etish va ularga moslashuv jarayonida ko’maklashish
— Qulay o‘quv muhitini yaratishda pedagogik jamoa bilan hamkorlik qilish
— Majlislar, pedagogik kengashlarda ishtirok etish va trening, ma'ruzalar tashkil qilish
Biz sizdan kutamiz:
— Psixologiya, pedagogik psixologiya yoki shu sohalarga yaqin mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot
— Kamida 3 yillik ish tajribasi, maktabda ishlaganlik ustunlik beradi
— Diagnostika, korreksiya va maslahat berish usullarini bilish
— Bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan doimiy muloqotda ishlay olish
— Rus va o‘zbek tillarini bilish (ingliz tili bilish afzallik beradi)
— Mas’uliyatli bo'lish, qat’iy sir saqlash qoidalariga amal qilish
Biz sizga nimalarni va’da qilamiz:
— Maktab hududida nonushta va tushlik (50% maktab hisobidan).
— Gadjet, telefon yoki avtomobil olishda maktab tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
— 15 ming odam ichidan saralab yig'ilgan jamoa bilan birgalikda katta yutuqlarga erishish.
— Professional o‘sish va malaka oshirish uchun imkoniyatlar