Qabul menejeri, Farg'ona

Vazifalar:

• Telefon, ijtimoiy tarmoqlar orqali bizga murojaat qilgan ota-onalar, o’quvchilar va qiziquvchilarga maktabimiz sharoitlari, mavjud dasturlar va qabul jarayoni haqida aniq ma’lumot berish.
• Bo’lajak mijozlar bilan mustahkam, samimiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish, ularga maktabimiz afzalliklari va qadriyatlarini qiziqarli va professional tarzda targ’ib qilish.
• Kampus sayohatlarini tashkillash orqali maktabimizga tashrif buyuruvchi mijozlarni mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirish.
• Ota-onalarning farzandlari bo’yicha og’riqlarini o’rganish, ularga farzandlarining ta’lim va tarbiyasi bo’yicha professional tavsiyalar berish.
• So’rovlarning barchasini maktab CRM dasturlariga kiritish, zaruriy ma’lumotlarni to’ldirish, har bir mijoz haqida qaydlar yuritish.
• Belgilangan oylik qabul rejalarni bajarish uchun Marketing jamoasi bilan hamkorlik qilish.
• Kunlik, haftalik va oylik hisobotlarni tayyorlash, mas’ullarga taqdim qilish.

Ko'nikmalar:

• Ta’lim, psixologiya, marketing, sotuv va xizmat ko’rsatish sohalaridan birida bakalavr daraja.
• Yoki yuqoridagi sohalardan eng ozi bir nafari bo’yicha kamida 2 yillik tajriba, ta’lim sohasida bo’lsa ustuvorlik beriladi.
• Ajoyib muloqot va shaxslararo ko'nikmalar, mijozlar bilan munosabatlarni o'rnatish va ishonch qozonish qobiliyati.
• O'z-o'zini rag'batlantiradigan, maqsadga yo'naltirilgan va mustaqil ishlashga qodir, shu bilan birga birgalikdagi jamoa o'yinchisi.
• Microsoft Excel, PowerPoint va CRM dasturlaridan erkin foydalana olish yoki yuqori saviyada kompyuter savodxonligi.

Biz nima taklif qilamiz:

• Raqobatbardosh ish haqi
• Farzandlaringiz yoki eng yaqin oila a’zolaringiz (uka, singil) uchun maktab ta’limi bo’yicha 30% chegirma.
• Professional o'sish va rivojlanish imkoniyatlariga ega bo'lgan qo'llab-quvvatlovchi va hamkorlikdagi ish muhiti.
• Talabalar va oilalarning hayotiga ijobiy ta’sir o’tkazish orqali jamiyat rivojlanishiga va oilalarning baxtli bo’lishiga hissa qo’shish.
• Shahar markazida shinam ofis.
• Har kuni tushlik ta’minlanadi, uning 50% maktab tomonidan qoplab beriladi.

Ish vaqti
6/1, 09:00 - 18:00

Ариза тўлдириш