Rekruter, Toshkent

Toshkent shahridagi Rahimov School xususiy maktabi o'z jamoasiga ishga oluvchi (rekruter) qidirmoqda!

Bizning jamoamizga qo'shilish juda ko'p afzalliklarga ega;)

Taklif qilamiz 😎
- Yuqori oylik maosh;
- Uzluksiz o'sish uchun tamoyil va qadriyatlarga asoslangan muhit;
- Mehnat pasporti yuritiladi (pensiya uchun);
- Ingliz va rus tillarida 500 dan ortiq kitoblar bilan to'ldirilgan kutubxona;
- Kuchli va ishtiyoqli jamoa;
- Tushlik to'lanadi (50%);
- Farzandlaringizning Rahimov school'da o‘qishiga 30% chegirma;
- HR sohasida yanada yuksalish;

Mas'uliyat 📌
- Kelajakdagi ochiq lavozimlarga munosib nomzodlar ro'yxatini yuritish va ishlab chiqish.
- Telefon orqali yoki oflyan suhbatlar o'tkazish.
- Suhbatdagi fikr-mulohazalar orqali va rezyume ko'rib chiqish asosida nomzodlarni saralash yoki rad etish.
- Nomzodlarning savollariga javob berish;
- Qo'ng'iroqlar va elektron pochta xabarlari uchun haftalik kvotalarni yopish.

Talablar ⚔
- Rekruter sifatida kamida 2 yil ish tajribasi (xususiy maktabda ishlagan bo'lsa yaxshi)
- Rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish;

Malaka 💊
- Samarali muloqot qobiliyatlari.
- Kuchli tashkilotchilik va shaxslararo munosabatlar.
- Raqamli ofis vositalari bilan ishlash tajribasi
- Yuqori energiya va ishtiyoq
- Kvotalarni vaqtida bajara olish

Ish vaqti 🗓
- dushanbadan jumagacha (08:30-18:00)
- Shanba (9:00-14:00)

Ариза тўлдириш