Siz rus tilining tajribali o‘qituvchisimisiz?
Rahimov School jamoasiga qo‘shilish imkoniyatingiz bor.
Ish shartlari
- Raqobatbardosh oylik maosh
- Rasmiy mehnat shartnomasi
- Maktab hududida tushlik. 50 foizi maktab hisobidan qoplanadi
- Farzandlaringiz uchun 30% chegirma
- 500 ga yaqin kitobli kutubxona
- Gadjet, telefon, mashina va uy olishda maktab tomonidan moliyaviy yordam
- Doimiy shaxsiy va kasbiy rivojlanish imkoniyati
- Karyera qilish imkoniyati
Talablar
• Pedagogika sohasida oliy ma’lumot
• Rus tilini o‘qitishda 3 yillik tajriba
• Til sertifikatiga ega bo‘lish
• Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar va interaktiv usullardan foydalanish ko‘nikmalari
• O‘quvchilar bilan ochiq muloqot yurita olish, ota-onalar va hamkasblar bilan hamkorlik qila bilish
Majburiyatlar
- Rus tilini o‘qitish uchun o‘quv rejalarini tayyorlash va amalga oshirish
- O‘quv materiallarini tanlash va ulardan samarali foydalanish
- Darslarni sifatli o‘tkazish, o‘quvchilar faolligini ta’minlash
- Og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish
- O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash uchun har haftalik va har oylik testlar o‘tkazish
Agar sizda rus tilini o‘qitishga ishtiyoq, ijodiy yondashuv va o‘quvchilarga rus tilini sevdirish istagi bo‘lsa, jamoamizga qo‘shiling!
Sizni kutib qolamiz!