Xo'jalik mudiri, Toshkent

Lavozim tavsifi:

Xo‘jalik mudiri— maktab ichidagi xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi, resurslarni samarali foydalanish va muvofiqlikni ta’minlash maqsadida ishlarni tashkil etadi. Mudir sifatida u xodimlar, moliya va moddiy resurslar bilan ishlaydi.

Bizdagi imkoniyatlar

— Qulay ish grafigi: 6/1, soat 08:00 dan 18:00 gacha
— Maktab hududida tushlikning 50% qismi to‘lab beriladi
— Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma
— Gadjet, telefon, avtomobil va uy olishda maktab tomonidan moliyaviy yordam
— Doimiy shaxsiy va professional o‘sish imkoniyati
— Karyeraviy ko‘tarilish
🟢 Yuqori oylik maosh: 4,000,000-5,000,000 mln so‘m

Talablar

• Oliy ma’lumot (iqtisod, menejment yoki tegishli sohada)
• Xo‘jalik boshqaruvi yoki tegishli sohalardagi ish tajribasi
• Elektromexanika va santexnika sohasini yaxshi tushunish
• Maktabning umumiy ta’minotini (ovqatlanish, jihozlar va xizmatlar) boshqarish qobiliyati
• Muammolarni hal qilish va analitik fikrlash
• Tashkiliy vazifalardan qochmaslik va ularni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatish

Vazifalar

— Maktabning umumiy ta’minoti (ovqatlanish, jihozlar, xizmatlar) uchun zaruriy jarayonlarni nazorat qilish.
— Oziq-ovqat va jihozlar ta’minoti bo‘yicha yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilish.
— Elektr va sanitariya tizimlarining ishlashini nazorat qilish, ta’mirlash va yangilash ishlarini tashkil etish
— Xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarish uchun jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtirish.
— Farroshlar ishlarini nazorat qilish
— Ish faoliyati yuzasidan berilgan barcha topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish

Ариза тўлдириш