👩‍👦‍👦Tarbiyachi, Toshkent

Maktab yotoqxonasi uchun ayol tarbiyachilarni ishga taklif etadi.

Ish sharoitlari

— Haftasiga 2 kun ishlash imkoniyati (08:00-17:30 gacha)
— Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma
— Maktab hisobidan 50% lik kechki ovqat va nonushta to'lovi
— Maishiy xaridlarda maktab tomonidan ko'mak
—Oylik maosh: 2,500,000 mln so'm

Talablar

• Pedagogika sohasida oliy ma'lumot (magistratura ustunlik beradi)
• Yoshi 40 va undan yuqori bo'lishi
• Pedagogika, psixologiya va tarbiya haqidagi bilimlarni bilish
• Vazifalarga nisbatan mas’uliyat va javobgarlikni his qiladigan bo‘lish
• Kitobxonlik madaniyati hamda boshqa namunaviy shaxsiy fazilatlarga ega bo'lish
• Katta hayot tajribasiga hamda o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan ko'nikmalarga ega bo‘lish
• Tartib va intizomga qat'iy amal qilish

Vazifalar

— Yotoqxonadagi o‘quvchilarning fanlardan berilgan topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish va ularni qiziqtirgan masalalar hamda qiziqarli mavzularda davra suhbatlari o‘tkazish
— O‘quvchining odob-axloqi, o‘zini tutishi va kiyinish madaniyatiga qay darajada e’tibor qilayotganini nazorat qilib borish
— O'quvchilarga to'g'ri yo'l yo'riq ko'rsatib, muammolarga yechim berish
— Qavatlar va xonalar ozodaligini, qavat jihozlari soz yoki nosozligini nazorat qilish
— Yotoqxonada istiqomat qilayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan muntazam aloqada bo‘lib, ularning so‘rovlari asosida farzandlarining umumiy ahvoli va ta’lim-tarbiyasi haqida ma’lumotlar berish

Ариза тўлдириш